Bu jamoa to‘g‘ri kelmaydi! Serxio Ramos yaxshi taklifni rad etdi
Evropa top-ligalaridan oʻziga yangi jamoa topishga harakat qilayotgan ispaniyalik tajribali himoyachi Serxio Ramos keyingi paytda bir necha klublar bilan hamkorlik masalasida muzokara oʻtkazdi.
Agentlar 39 yoshli futbolchining xizmatlarini taklif qilgan grand klublar uni olishni istamadi. Ramosning oʻzi esa, oʻrtamiёна klublar chorlovini qabul qilgisi kelmayapti.
Ramosni hamkorlikka chaqirgan jamoalardan oxirgisi Fransiya oliy divizioni debutanti “Parij” klubi boʻldi.
Foot Mercato nashri xabar berishicha, 39 yoshli futbolchi bu jamoa taklifiga rad javobini berdi. Ayrim manbalarga koʻra, futbolchilik faoliyatida barcha sovrinlarni qoʻlga kirib boʻlgan mashhur yulduz kuchliroq jamoadan ish topmoqchi.
39 yoshli Ramos hozirda erkin agent hisoblanadi. U Meksika chempionatidagi mavsum yakunlangandan soʻng, oʻtgan yili imzolagan “Monterrey” bilan shartnomasini toʻliq bajardi. Ushbu jamoa safida Ramos 19 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urdi va shuningdek, 8 marta ogohlantirilgan.
Fikrlar