Bu futbolchi uchun so‘ralgan pulni beramiz!

  • 13 iyul, 2022, 10:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Napoli” yulduzi Kalidu Kulibali Angliya premer-ligasiga o‘tishga yaqin turibdi. 31 yoshli senegallik himoyachiga “Chelsi” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Corriere dello Sport nashrining yozishicha, “aristokratlar” bu transfer uchun neapolliklar talab qilayotgan summani to‘lashga tayyor. Chunki Tomas Tuxel bir necha himoyachi ketganidan keyin zaiflashib qolgan mudofaa chizig‘ini aynan Kulibali yordamida mustahkamlamoqchi.

Kulibalining “Napoli” bilan shartnomasi bir yildan keyin tugaydi. O‘yinchining o‘zi jamoada qolmoqchi ekani va shu bois “Barselona” va “Yuventus”chorlovlarini qabul qilmagani haqida xabarlar chiqdi.

Kulibali o‘tgan mavsumda 37 marotaba maydonga tushib, uchta gol va uchta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!