Bu vunderkindning narxi Xoland va Mbappe bilan tenglashdi
Bugungi kunning eng xaridori ko‘p hujumchilari Kilian Mbappe va Erling Xolandning o‘rtacha transfer narxi 150 million evroni tashkil qilmoqda.
Bundesligada yana bir yorqin yulduz etishib chiqdi. “Bayer” klubi 18 yoshli hujumkor futbolchisi Florian Virtsni ham aynan ana shu summa – 150 million evroga baholamoqda.
Virts ayni paytda bir necha grand klublar nishonida turibdi. Leverkuzenliklar jamoa etakchisini o‘z safida olib qolish uchun uning transferini rekord darajada qimmat qilib belgiladi.
Hozir Virts uchun katta xarajat qiladigan klub yo‘q. Xaridorlar orasidan “Barselona” va “Chelsi”da moliyaviy muammolar chuqurlashib bormoqda. “Real” asosiy e’tiborini Kilian Mbappega, “Manchester Siti” esa Erling Xolandga qaratgan.
Virtsning “Bayer” bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha davom etadi. Bu o‘yinchi uchun kurash kelasi yili yozda avj olishi kutilmoqda. Tabiiyki, leverkuzenliklar oldindagi bir yil davomida o‘z iste’dodini yangi bitimga ko‘ndirishga harakat qiladi.

Fikrlar