Bu yulduzni olishga qurbimiz etmaydi

  • 26 iyul, 07:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi chempionatda ham yuqori o‘rinlar uchun kurashishni maqsad qilgan “Aston Villa” tarkibni muntazam kuchaytirib borishga alohida e’tibor qaratadi.

Tecno

Biroq ko‘pchilik kutganidek, bu klub “Manchester Yunayted”ga kerak bo‘lmay qolgan argentinalik yulduz Alexandro Garnachoni qo‘lga kirita olmadi.

Ruen Amorim rejalaridan chetda qolgan bir necha futbolchilar orasida Alexandro Garnachoni ham ko‘rish mumkin. Yarim himoyachi Angliya Premer-ligasidan ketmoqchi emas. Unga hozircha, “Chelsi” va “Aston Villa” qiziqish bildirdi.

Keyinchalik “aristokratlar” bu transferdan voz kechdi. “Aston Villa”ga esa, Garnachoning transferi og‘irlik qilmoqda.

Sky Sports nashrining yozishicha, “villaliklar”ning 21 yoshli o‘yinchini olish uchun moliyaviy imkoniyati cheklangan va shu bois ular boshqa arzonroq variantlarni ko‘rib chiqyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!