Bugun, Javlonbek Yuldashev professional boksda debyut jangini o‘tkazadi

  • 16 iyun, 2024, 07:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bugun Germaniyaning Viasbaden shahrida professional boks kechasi tashkil etiladi. Ahamiyatli jihati, ushbu kechada o‘zbekistonlik Javlonbek Yuldashev ham ringga ko‘tariladi. Yurtdoshimiz professional ringda debyut jangini o‘tkazadi. Uning raqibi asli kelib chiqishi turkiyalik bo‘lgan, Germaniya sharafini himoya qiluvsi Furkan Chelik bo‘ladi. Ushbu jang 4 raund qilib belgilangan. Uning raqibi ham professional yo‘nalishda 2 ta jang o‘tkazgan va unda bir mag‘lubiyat va durang qayd etgan. Yuldashev professional yo‘nalishda faoliyatini davom ettirish uchun menejer Fexmi Bayram va unga tegishli bo‘lgan RRG Boxing promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma qilgandi. 

Tecno

Ma’lumot uchun, Javlonbek Yuldashev havaskor boksda U-22 yosh toifasida Osiyo chempioni va kattalar o‘rtasida -67 kgda O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!