Bugun 5 ta medal qo‘lga kiritgan O‘zbekiston umumjamoa hisobida nechanchi o‘ringa ko‘tarildi?

  • 11 avgust, 2024, 02:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bugun bo‘lib o‘tgan tarixiy kungi bellashuvlardan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 1-pog‘ona yuqoriladi va 13-o‘ringa ko‘tarildi. Razambek Jamalov, Abdumalik Xalokov va Bahodir Jalolovning oltinlari, Akbar Jo‘raev hamda Svetlana Osipovaning kumush medalidan so‘ng delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 13 taga etdi. Shundan 8 tasi oltin, 2 tasi kumush va 3 tasi bronza medallaridir!

Tecno

Ro‘yxatni esa 39 ta oltin medal bilan Xitoy terma jamoasi boshqarib bormoqda. AQSh terma jamoasi esa 38 ta oltin bilan peshqadamni ta’qib qilib kelyapti. Kuchli uchlikni 18 ta oltini bor Avstraliya egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!