
Bugun Denis Istomin Uimbldondagi ishtirokini boshlaydi
Angliyaning London shahrida Professional tennischilar uyushmasi tomonidan "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" turnirida birinchi davra bahslari o‘tkazilmoqda.
Sofrin jamg‘armasi 38 million funtov sterlingni tashkil etuvchi mazkur musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli tennischini Denis Istomin ilk uchrashuvini britaniyalik Kemeron Norriga qarshi o‘tkazadi. Ular o‘rtasidagi o‘yin Toshkent vaqti bilan 16:15dan so‘ng boshlanadi.
Shuningdek, bugun turnirda JAR vakili Lloyd Xarris va shveytsariyalik Rojer Federer, yaponiyalik Yuiti Sugita hamda Rafael Nadal o‘rtasida bahslar o‘tkaziladi.
Fikrlar