
Bugun Furqatbek Yoqubov Minsk shahrida oktagonga ko‘tariladi!
Bugun Belarusning Minsk shahrida "BFC 75"(Belarusian Fighting Championship) turniri tashkil etiladi.
Ushbu jang oqshomida o‘zbekistonlik MMA jangchisi Furqatbek Yoqubov ham oktagonga ko‘tariladi. U mezbonlar vakili Vladislav Pojnyakka qarshi jang qiladi.Ushbu to‘qnashuv super engil vazn (57,6 kg)toifasida o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, Yoqubovning professional ko‘rsatkichi 7-5 bo‘lsa, Pojnyakning rekordi 3-3 ko‘rinish olgan.
Fikrlar