Bugun futzal bo‘yicha Osiyo kubogi g‘olibi aniqlanadi
Bugun Osiyo kubogi yakunlanadi.
27 fevralda start olgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogi bahslari o‘zining yakuniy pallasiга yetib keldi. Indoneziya poytaxti Jakarta shahri mezbonlik qilgan qit’a birinchiligida bugun final bellashuvi bo‘lib o‘tadi. Osiyo chempionligi uchun ushbu qit’aning eng nomdor terma jamoasi Eron va sensatsion tarzda finalgacha yetib kelgan Indoneziya futzalchilari kurash olib boradi. Eronliklar pley-off bosqichida O‘zbekiston va Iroqni mag‘lub etgan bo‘lsa, mezbonlar Vyetnam va Yaponiya kabi nomdor jamoalardan ustun keldi.
Final uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 17:00da start oladi.
Fikrlar