Bugun italiyalik jahon chempioni "Lokomotiv" stadioniga tashrif buyuradi

  • 16.05.2022 09:46
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun “Lokomotiv” klubi Superliganing 9-turini o‘z maydonida “Olimpik” klubiga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bellashuv 19:00 ga belgilangan.

Shu kuni stadionimizga mashhur italiyalik futbolchi, 2006 yilgi jahon chempioni Kristian Zakkardo tashrif buyuradi. O‘z paytining mohir himoyachisi stadionimizga tashrif buyurib, jamoamiz futbolchilari va muxlislari bilan uchrashishni, shuningdek, futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilari bilan master-klass o‘tkazishni maqsad qilgan.

Xabaringiz bor, “Lokomotiv” PFK homiysi BMB Trade Group kompaniyasi o‘zbek futbolining 110 yilligiga bag‘ishlab o‘ziga xos to‘yona tayyorladi va bir guruh Italiya A seriyasi yulduzlarini yurtimizga taklif etgan. Toshkentga kelayotgan yaqin o‘tmishning mashhur nomlari orasida Kristian Zakkardo ham bor.

Kristian Zakkardoning “Lokomotiv” stadioniga 16 may kuni soat 17:30 da tashrif buyurishi kutilmoqda. Uning vaqti chegaralangani bois uzog‘i bir soat stadionimizda bo‘ladi.

Zakkardo bilan esdalik suratga tushish hamda undan dastxat olish niyatida bo‘lgan muxlislarni vaqtliroq kelishlarini so‘rab qolamiz.

“Lokomotiv” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!