
Bugun Kepa ham "Real" g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi
Chempionlar ligasi 1/4 final bosqichida "Real" "Manchester Siti" to‘sig‘idan o‘tib, yarim finalga yo‘l oldi. O‘yin g‘olibi 120 daqiqada ham aniq bo‘lmadi.
Penaltilar seriyasida esa murabbiylar shtabiga Kepa 11 metrlik jarima zarbasini kim tepishini tanlashda yordamlashgan. Bu haqida Davide Anchelotti ma’lum qildi. Shuningdek, ispaniyalik darvozabon Andrey Luninga ham o‘z maslaxatlarini bergan.
Ukrainalik posbon esa Bernardu Silva va Mateo Kovachichlarning zarbalarini qaytardi.
Ma’lumot uchun, Kepa ayni paytda madridliklar safida ijara asosida harakatlanmoqda. U asosiy tarkib uchun kurashda Luninga yutqazib qo‘ydi va katta ehtimol bilan yozda "Chelsi"ga qaytib ketdi.
Fikrlar