Bugun legionerimiz uchun muhim bahs bor!

  • 7 aprel, 2021, 06:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Belarus kubogining chorak final bosqichi bahslari davom etmoqda. Shahboz Umarov o‘ynayotgan BATE jamoasi mazkur bosqichning javob uchrashuvida “Vitebsk” mehmoni bo‘ladi.

Bu jamoalarning bir oy avval o‘tkazilgan birinchi o‘yinida borisovliklarning 2:1 hisobida qo‘li  baland kelgan edi. Javob uchrashuvi oldidan BATEning imkoniyati yuqori baholanmoqda. Chunki “Vitebks” keyingi paytda ishonchli o‘ynay olmayapti. Evgeniy Chernuxin shogirdlari chempionatda hali g‘alaba qozongani yo‘q. Uchta bahsdan ikki ochko oldi xolos.

Belarus kubogining bu yilgi mavsumida 60 ga yaqin jamoa kurashga kirishgan edi. BATE musobaqaga 1/16 final bosqichidan qo‘shildi va “Granit-Mikashevichi”ni 5:0, “Dinamo-Brest”  4:2 hisobida engib, chorak finalga etib keldi.

Hozircha, kubok o‘yinlarida “Torpedo-Belaz” va “Isloch” yarim final yo‘llanmasini hal qildi. Yana bir juftlikda Shahzod Ubaydullaev o‘ynayotgan “Shaxtyor” futbolchilari “Neyoman” bilan kuch sinashadi. Bu jamoalar o‘rtasidagi birinchi uchrashuvda soligorskliklar 3:0 hisobida zafar quchgan va yarim final yo‘llanmasiga yaqin turibdi.

“Nyoman” – “Shaxtyor” o‘rtasidagi javob uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 17:00da, “Vitebsk” – BATE o‘yini 19:00da boshlanadi.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!