
Bugun Masharipov, Shomurodov, Fayzullaev va yana 5 nafar legionerimiz o‘ynaydi
Italiya A Seriyasi.
Bugun Italiya A Seriyasi 10-tur o‘yinlari davom ettiriladi. "Kalyari" o‘z uyida "Frozinone"ni qabul qiladi. Uchrashuv 16:30da start oladi. Eldor Shomurodov qaydnomada bor va jamoasiga yordam berishga tayyor.
Gretsiya Superligasi.
Bugun Gretsiya chempionati 9-turi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Yaqinda "Panserraykos"ga ko‘chib o‘tgan legionerimiz Jaloliddin Masharipov yangi jamoasi safida debyut qilishi mumkin. "Panserraykos" safarda "Panatinakos" bilan bellashadi. Uchrashuv 22:30da start oladi.
Qozog‘iston chempionati.
Bugun Qozog‘iston chempionatida so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Legionerlarimiz Bobir Abdixoliqov va Shahboz Umarov bu turda "Aktau" mehmoni bo‘ladi. Bellashuv 16:00da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, Shimkent klubi joriy o‘tgan turda chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.
RPL.
Bugun RPL 13-turi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur turda Abbsrbek Fayzullaev o‘ynayotgan TsSKA "Krasnodar"ni mehmon qiladi. Uchrashuv 21:30da start oladi.
Tailand chempionati.
Bugun Tailand chempionati 9-turidan o‘rin olgan "Buriram Yunayted" - "Patum Yunayted" bahsi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 16:00da boshlanadi. Jamoasining asosiy hujum quroliga aylangan Igor Sergeev mazkur o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda.
Turkiya chempionati.
Bugun Turkiya Superligasi 10-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Legionerimiz Otabek Shukurov jamoasi "Fatix Karagyumryuk" o‘z uyida "Trabzonspor"ni qabul qiladi. Uchrashuv 18:00da start oladi.
Bundan tashqari "Eyupspor"da to‘p tepadigan vakilimiz Jahongir O‘rozov jamoasi "Bandirmaspor" bilan kurashadi. Bu o‘yin 21:00da boshlanadi.
Fikrlar