
Bugun Mbappe "Park de Prens"dagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazadi
Bugun Frantsiya chempionati 33-turidan o‘rin olgan PSJ - "Tuluza" bahsi bo‘lib o‘tadi. Ushbu bellashuv Kilian Mbappening "Park de Prens"dagi so‘nggi uy uchrashuvi bo‘ladi.
25 yoshli futbolchi joriy mavsum yakunida parijliklar jamoasini tark etishini ma’lum qilgandi. Kilianning yangi jamoasi Madridning "Real" klubi bo‘lishi kutilmoqda. Tomonlar besh yillik uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.
Eslatib o‘tamiz, PSJ - "Tuluza" uchrashuvi soat 00:00da boshlanadi. Liga 1ning joriy mavsumida Mbappe 28 o‘yin o‘tkazib, 26 gol va 7 golga assistentlik qildi.
Fikrlar