
Bugun "Milan" yangi bosh murabbiy bilan shartnoma imzolaydi
Corriere dello Sera nashri "Milan" klubi ofisiga Stefano Piola tashrif buyurgani va yaqin soatlar ichida u bilan shartnoma imzolashini xabar qilmoqda.
Milan klubi 53 yoshli mutahassis bilan ikki yillik shartnoma imzolanishi kutilmoqda. Piola birinchi mavsum uchun 1.5 million dollar maosh olishi, ikkinchi mavsum esa 2 million evro ishlab olishi mumkin ekan, ammo buning uchun "rossonerilar" evrokuboklar yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq "Milan" Marko Jampaoloni iste’foga chiqargan edi.
Fikrlar