
Bugun Millatlar ligasi final bosqichi boshlanadi
Xabaringiz bor 5-9 iyun kunlari Portugaliyada UEFA Millatlar ligasining final bosqichi o‘tkaziladi.
Hal qiluvchi bellashuvlarda Evropaning 4ta saralangan terma jamoasi – Gollandiya, Angliya, Shveytsariya va Portugaliya ishtirok etadi.
Bugun, ya’ni 5 iyun kuni Millatlar ligasining final bosqichiga start beriladi. Dastlabki o‘yin mezbon Portugaliya va Shveytsariya o‘rtasida kechadi. Mashhur “Dragau” stadionida bo‘lib o‘tadigan bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi. O‘yinni germaniyalik Feliks Brix boshqarib boradi.
Fikrlar