Bugun Osiyo kubogi start oladi

  • 27.01.2026 11:28
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Bugundan boshlab nafaqat qit’amiz, balki jahon futzal jamoatchiligining diqqat e’tibori  Indoneziya poytaxti Jakarta shahriga qaratiladi. Joriy yilning 27 yanvar sanasidan 7fevralga qadar bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi bahslari futzal ishqibozlariga unutilmas lahzalarni torliq etishi shubhasiz.

Dunyoning eng yirik Malay arxipelagida joylashgan, 17,5 mingdan ortiq orol hamda Yangi Gvineya orolining g‘arbiy qismini o‘z ichiga olgan ushbu mamlakat hududi 1 904,6 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi. So‘lim tabiatga ega Indoneziya mamlakati futzal bo‘yicha Osiyo kubogi bahslariga ikkinchi bor mezbonlik qilmoqda. Muqaddam, 2002 yilda qit’a chempionati aynan shu mamlakatda o‘tkazilgan edi. Oradan 24 yil o‘tib, Osiyo futzal jamoatchiligi yana Indoneziyda jam bo‘ladi.

2026 yildgi Osiyo kubogi uchrashuvlarini qabul qilish uchun Jakarta shahridagi ikki yirik sport inshooti — Indoneziya Arena va Jakarta Xalqaro Volodromi tayyor holatga keltirilgan. Poytaxt markazida qad rostlagan Indoneziya Arena 2023 yil 7 avgust kuni rasmiy foydalanishga topshirilgan bo‘lib, 16 500 tomoshabinga mo‘ljallangan zamonaviy va universal sport majmuasi hisoblanadi.
Jakarta Xalqaro Volodromi esa poytaxtning sharqiy qismida, Ravamangun hududida joylashgan. Mazkur inshoot 2018 yildgi Osiyo o‘yinlari doirasida barpo etilgan bo‘lib, 8 500 tomoshabinni qabul qilish imkoniyatiga ega.

Musobaqa taqvimiga ko‘ra, Osiyo kubogi–2026 ning “A” va “C” guruhlari uchrashuvlari Indoneziya Arenada, “B” va “D” guruhlari bahslari esa Jakarta Xalqaro Volodromida o‘tkaziladi. Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasining guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlari poytaxt markazidagi Indoneziya Arenada bo‘lib o‘tadi. Guruh bosqichining bir paytda boshlanadigan 3-tur uchrashuvlarida ham O‘zbekiston terma jamoasi Indoneziya Arenada maydonga tushadi. Guruhdagi ikkinchi uchrashuv esa Jakarta Xalqaro Volodromida tashkil etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!