
Bugun Otabek Shukurov jamoasi Mertens va Ikardisi bor "Galatasaroy"ga qarshi maydonga tushadi
Turkiya Superligasi bahslari ham o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Bugun 12-tur o‘yinlari davom ettiriladi.
Biz uchun ahamiyatlisi, legionerimiz Otabek Shukurov harakat qilayotgan "Fotih Karagyumruk" jamoasi o‘z maydonida "Galatasaroy" klubini mehmon qiladi.
Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Pirlo shogirdlari ayni payt turnir jadvalida 12 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda. "Galatasaroy" esa 18 ochko to‘plagan holda, 8-pog‘onani band etgan.
Fikrlar