
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi "JCh-2026" saralashi doirasidagi dastlabki uchrashuvini o‘tkazadi
Bugun Srechko Katanets boshliq O‘zbekiston milliy terma jamoasi "JCh-2026" saralashining birinchi uchrashuvini o‘tkazadi. Unda vakillarimizga Turkmaniston termasi raqiblik qiladi.
Mazkur bahsda futbolchilarimiz to‘liq ko‘k libosda, darvozabonimiz esa yashil libosda harakatlanadi. Bahsni yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Uchrashuv soat 19:00da, Turmanistonning "Ashxobod” stadionida start oladi.
Fikrlar