
Bugun Pro liga 17-turi start oladi. Kimlar bu turni o‘tkazib yuboradi, turnir jadvali qanday ko‘rinish olgan? (Foto)
Bugun Pro liganing 17-turiga start beriladi. Kun doirasida ikkita o‘yin bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Dastlab, 17:00 da "Aral" o‘z maydonida "Dinamo"ni qabul qilsa, 17:30 da Samarqandning boshqa bir jamoasi "Yunired" "Mash’al" bilan kuch sinashadi.
"Dinamo"ning to‘purar legioneri Joel Kojo mazkur turda jamoasiga yordam bera olmaydi. U FIFA kunlari doirasi Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasi safida bo‘lib turibdi.
Quyida 17-turni o‘tkazib yuboradigan barcha futbolchi va rasmiylar bilan tanishish imkoniga egasiz.
16-turdan so‘ng turnir jadvalida "Lokomotiv" peshqadamlik qilmoqda. Biroq ortdan kelayotgan ta’qibchilar bilan tafovut u qadar katta emas. 33 ochkosi bor "temiryo‘lchilar" bitta kam, ya’ni 14 ta o‘yin o‘tkazgan. "Qo‘qon-1912" 15 bahsda 32 ochko to‘plagan bo‘lsa, "Dinamo" xuddi shuncha uchrashuvda 31 ochko yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan.
Oxirgi o‘rinlarda esa vodiyning ikki jamoasi bormoqda. "Andijon-SGS" 10 ochko bilan 10-pog‘onani band etgan, "Navbahor-Farm" esa 9 ochko to‘plagan holda so‘nggi 11-o‘rindan joy olgan. Quyida to‘liq turnir jadvali bilan tanishish imkoniyatiga egasiz!
Fikrlar