
Bugun Superliga 3-turi boshlanadi (ro‘yxat)
Bugun O‘zbekiston Superligasi 3-tur uchrashuvlariga start beriladi.
Dastlabki kun bahslarida ikkita o‘yin o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Birinchi bo‘lib Yaypanda "Turon" Toshkentning "Lokomotiv" klubini mehmon qiladi. O‘yin 16:15 da start olishi rejalashtirilgan.
Oradan biroz vaqt o‘tib, turning markaziy uchrashuvi boo‘lib o‘tadi. Chempionlik uchun asosiy da’vogarlar AGMK va "Paxtakor" Olmaliqda kuch sinashadi. Bahs 18:30 da boshlanadi.
Fikrlar