Bunaqa futbolchilarga “Chelsi”da o‘rin yo‘q!

  • 1 oktabr, 2021, 21:00
  • 0
  • Futbol

“Tottenxem”ning sobiq bosh murabbiyi Hari Rednapp “Chelsi”ning ayrim futbolchilari klub saviyasiga to‘g‘ri kelmayotganini aytdi.

- “Chelsi”da ijodkorlik oqsamoqda va bundan tashqari, hujumkor qanot futbolchilarining sifati ham ayanchli darajada. Hakim Zieshning o‘yiniga bir qarang. “Ayaks”da etakchilik qilgan bu futbolchi “Chelsi”ga qay ahvolda keldi.

Maydon markazidagi o‘yinchilar yaxshi o‘ynayapti, lekin ularning birortasi oxirgi pasni aniq bera olmaydi. Jorjinoni qanchalar maqtamaylik, to‘pni ushlab turishda zo‘r bo‘lishi mumkin, lekin hal qiluvchi pas berishni eplolmaydi. Umuman, Tomas Tuxel jamoasida bun hech kim uddalay olmaydi.

Mauntning yo‘qligi darrov bilinib qolyapti. Eng ko‘p hayratlanganim, Xaverts bilan bog‘liq vaziyat. Bular qatori yana bir necha futbolchining saviyasi talabga javob bermaydi, - dedi Rednapp.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!