Bunaqa pulga ishdan haydalsang ham alam qilmaydi

  • 28.05.2026 09:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Milan” klubi rahbariyati muvaffaqiyatsiz mavsumdan keyin ishdan olingan bosh murabbiyi Massimiliano Allegri,  bosh direktor Jorjo Furlani va sport direktori Igli Tarega shartnomani muddatidan oldin bekor qilgani uchun 20 million evrodan ortiq mablag‘ to‘laydi, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.

Furlani 2028 yilgacha amal qiladigan shartnomasi bo‘yicha bonuslarni hisobga olganda taxminan 10 million evro ishlab olishi kerak edi. 2027 yilgacha tuzilgan shartnomaga ega bo‘lgan Allegri 9 million evro, Tare esa taxminan  3 million evro olishi lozim.

Ta’kidlanishicha, ushbu summalar yakuniy emas va klub ishdan bo‘shatilgan mutaxassislar bilan muzokaralar orqali ularni kamaytirishga erishishi mumkin.

Avvalroq, “Milan” kelasi mavsum uchun Chempionlar ligasiga chiqa olmaganidan keyin Massimiliano Allegri, sport direktori va bosh direktor ishdan bo‘shatilganini ma’lum qilgandi.

Italiya chempionatining 38 ta o‘yinidan keyin “Milan” 70 ochko jamg‘arib, beshinchi o‘rinni egalladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!