Bunaqasi bo‘lmagan: “Liverpul” va “Manchester Yunayted” fanatlari klubga qarshi bosh ko‘taradi

  • 23.12.2024 07:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Liverpul” va “Manchester Yunayted”ning ashaddiy muxlislari klubning ayrim qarorlariga norozilik bildirish maqsadida birlashishga kelishib oldi.

The Telegraph nashrining ma’lum qilishicha, muxlislar 5 yanvarga belgilangan “Liverpul” va “Manchester Yunayted” uchrashuvi davomida norozilik namoyishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu bahs “Enfild” stadioni bo‘ladi.

Muxlislar o‘yin davomida “Sadoqatimizni suiiste’mol qilishni to‘xtating”, degan shiorni ko‘tarishni mo‘ljallayapti.

“Manchester Yunayted” yaqinda klub a’zolari uchun stadionga kirish chiptalari narxini 66 funtgacha ko‘tarish, bolalar va pensionerlarga belgilangan imtiyozlarni bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qilgandi.

Fanatlar ana shu o‘zgarishlarga qarshi bosh ko‘tarishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!