Bunaqasi kamdan-kam bo‘ladi. "Borussiya D" bir mavsumda 2 ta titul homiysi bilan ishlaydi

  • 20.02.2020 18:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundning “Borussiya” klubi nemis internet-provayderi hisoblangan 1&1 kompaniyasi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra dortmundliklar shuningdek o‘zlarining amaldagi titul homiysi hisoblanangan kimyoviy vositalar ishlab chiqaruvchi Evonik kompaniyasi bilan ham yangi shartnoma imzolashgan.

Shu tariqa “Borussiya” Dortmundda bir vaqtning o‘zida 2 ta titul homiysi paydo bo‘ldi. Endi dortmundliklar Bundesliga o‘yinlarida 1&1 logotipi tushirilgan liboslarda, Chempionlar ligasi, Germaniya kubogi va o‘rtoqlik o‘yinlarida esa Evonik logotipi tushirilgan liboslarda harakat qilishadi. Bu kelishuv 2020/21 yilgi mavsumdan kuchga kiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bahrom Yunusov
20/02/2020 22:57
Har taraflama soqqa qiladigan kamanda ekan gap yo
Bahrom Yunusov
20/02/2020 22:57
Har taraflama soqqa qiladigan kamanda ekan gap yo