Bunaqasi Ronalduning faoliyatida birinchi marta sodir bo‘ldi

  • 18.06.2020 10:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Yuventus” klubi forvardi Krishtianu Ronaldu kecha “Napoli”ga qarshi bo‘lib o‘tgan Italiya kubogi finalida ishtirok etdi.

E’tiborlisi, 35 yoshli portugaliyalik futbolchi klubdagi faoliyatida ilk bor ketma-ket 2 ta finalni boy berdi.

Ronaldu bundan avval joriy yilning fevral oyida “Yuventus” safida Italiya Superkubogida “Latsio”ga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.

Krishtianu faoliyati davomida “Yuventus”dan tashqari “Sporting”, “Manchester Yunayted” va “Real” Madrid klublarida o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!