
Bunaqasi so‘nggi 20 yilda bo‘lmagan edi
Germaniya terma jamoasining jahon chempionatlari saralashi doirasida o‘z maydonidagi mag‘lubiyatsiz seriyasi barham topdi.
Yoaxim Lyov boshchiligidagi "Bundestim" kecha Duysburgda bo‘lib o‘tgan “JCh-2022” saralashining 3-tur bellashuvida Shimoliy Makedoniyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa, nemislar 2001 yildan buyon ilk bor mundial saralashi doirasida o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi.
Bundan 20 yil oldin Germaniya o‘z maydonida Angliyaga 1:5 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Fikrlar