Bunaqasi tarixda bo‘lmagan edi
PSV Niderlandiya kubogi final uchrashuvida g‘alaba qozondi. Eyndxoven jamoasi murosasiz kechgan finalda "Ayaks"ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi. Qizig‘i shundaki, PSV va Ayaks o‘tgan mavsumda ham mamlakat kubogi finalida to‘qnash kelgan edi. O‘shanda PSV asosiy vaqtdayoq 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.
Ma’lum bo‘lishicha, Niderlandiya kubogining butun tarixida (u XIXasrdan beri o‘tkazib kelinmoqda!) finalda birinchi marta ketma-ket ikki mavsum bir xil jamoalar kurash olib borishdi.
Eslatib o‘tamiz, PSV umumiy hisobda o‘n bir marta Niderlandiya kubogi g‘olibiga aylangan. Biroq, "Ayaks"da ushbu ko‘rsatgich yigirma martani tashkil etadi.



Fikrlar