
Buncha maoshni tashlab, “Real”dan ketolmayman!
Keyingi mavsumlarda ko‘p jarohatlanayotgan avstriyalik markaziy himoyachi David Alaba “Real”ga o‘yinlarda etarli darajada yordam bera olmayapti.
Yangi bosh murabbiy Xabi Alonso ham 33 yoshli futbolchini kelajak rejalariga kiritmoqchi emas. Shu bois, klub rahbariyati yana bir yillik shartnomasi qolgan Alabaga hamkorlikni o‘zaro kelishgan holda hozirdan bekor qilishni taklif etdi.
AS nashrining ma’lum qilishicha, tajribali himoyachi klub taklifini rad etgan. Alaba jamoadan ketmoqchi emas. Shunga majbur bo‘lgan taqdirda bitimining oxirgi muddatidagi to‘lanishi kerak bo‘lgan maoshi berilishini so‘rayapti.
David Alaba “Qirollik klubi”da maoshining kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. Uning yillik okladi 22,5 million evroni tashkil qiladi.
Alaba “Real”ga 2021 yilning yozida “Bavariya”dan olib kelingan. Shu paytga qadar barcha turnirlarda 116 ta uchrashuvda qatnashib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari beshta gol va to‘qqizta assist qayd etdi.
Fikrlar