Bunday mundial finali tarixda birinchi marta bo‘ladi!

  • 16.07.2026 04:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempionati yakunlovchi bosqichiga yaqinlashar ekan, Argentina terma jamoasi finalga yo‘l oldi. Yarim finalda argentinaliklar Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Qiziği shundaki, bu natija 1986 yildgi jahon chempionati chorak finalidagi mashhur o‘yinni eslatdi – o‘shanda ham Argentina aynan shu hisob bilan g‘alaba qozongan edi.

Endilikda finalda Argentina Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Seshanba kuni bo‘lib o‘tgan ikkinchi yarim finalda Ispaniya terma jamoasi Fransiyani ishonchli tarzda mag‘lub etdi, raqib darvozasiga javobsiz ikki gol urdi va hal qiluvchi bahsga yo‘llanma oldi.

Shu tarzda, jahon chempionatlari tarixida ilk bor finalda Yevropa chempioni va Kubok Amerikasi amaldagi g‘olibi o‘zaro to‘qnash keladi. Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati final uchrashuvi o‘n to‘qqizinchi iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!