
Bunday yurgandan ketgan yaxshi!
“Real”ning tajribali pleymeykeri Isko Karlo Anchelotti bosh murabbiyligida ham etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti.
O‘z davrida “Qirollik klubi”ning eng zo‘r futbolchilaridan hisoblangan Isko yangi mavsumda uch marta zaxiradan maydonga tushib, atigi 42 daqiqa o‘ynadi xolos.
“Qirollik klubi” 29 yoshli futbolchining kelajagiga ishonch bildirmayapti. Klub rahbariyati unga yangi shartnoma taklif qilmoqchi emas. Isko mavsum yakunlanishi bilan erkin agentga aylanadi.
Bu yarim himoyachiga hozirdan ikkita jamoa da’vogarlik qilmoqda. “Yuventus” va “Milan” uni tekinga o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Italiyaliklar yanvarda Isko bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha muzokara boshlaydi.
Fikrlar