
Bundesliga. "Bavariya"ga ikkinchi o‘rin ham nasib qilmadi
"Bavariya" chempionlik uchun kurashdan chiqqanidan keyin ikkinchi o‘rinda qolishga harakat qilayotgandi, lekin Tomas Tuxel shogirdlariga bu ham nasib qilmadi.
So‘nggi turda myunxenliklar "Xoffenxaym"ga mag‘lub bo‘lib, "Shtutgart" "Borussiya M" darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi va bu orqali klub ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi.
Bu "Bavariya"ning Germaniya Superkubogida ishtirok eta olmasligini bildiradi. Shtutgartliklar esa kumush meddalarni qabul qilib olishdi.
Fikrlar