Bundesliga. "Borussiya" "Aynraxt"ni ayab o‘tirmadi

  • 22 aprel, 2023, 23:23
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundesliganing 29-turidan o‘rin olgan "Borussiya" - "Ayntraxt" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Tecno

Dastlab, 19-daqiqada Bellingem hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Malen oradagi farqni ikkitaga etkazdi. Taym so‘nggida Xumels ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limda Malen yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 

Shu tariqa, "Borussiya" g‘alabaga erishib, turnir jadvalida birinchi o‘ringa chiqib oldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!