
Bundesliga kashfiyoti o‘ziga boshqa liga tanladi
“Shtutgart” safida o‘ynayogan Seru Girassi Bundesligada to‘purarlik mahoratini namoyish qilganidan keyin Evropaning bir necha klublari nishoniga aylandi.
Gvineya terma jamoasi hujumchisini ilgari muxlisu mutaxassislarning aksariyati yaxshi tanimas edi. Biroq, “Shtutgart”da ishlari yurishib ketgani ortida ko‘pchilikning e’tiborini qozondi.
Get German Football News nashrining xabar berishicha, afrikalik forvard qishki transferlar davrida Bundesligani tark etishga qaror qildi. 27 yoshli futbolchi o‘z kuchini Angliya Premer-ligasida sinab ko‘rmoqchi.
Seru Girassi agentlari futbolchi transferi bo‘yicha aloqaga chiqqan klublardan o‘yin amaliyoti kafolatlanishini talab qilyapti. Bunga ko‘nmagan bir necha klubning chorlovlari rad etildi.
Girassi professional faoliyatini 2015 yili boshlagan. Seru asosan Frantsiya va Germaniyaning o‘rtamiyona jamoalarida to‘p tepgan.
Fikrlar