
Bundesliga klublari koronavirusga qarshi ommaviy testdan o‘tkaziladi
Bundesliga mavsumni davom ettirishga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Kicker nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, bugundan boshlab Birinchi va Ikkinchi Bundesliga klublari futbolchilari va xodimlari koronavirusga qarshi testdan o‘tishni boshlashadi. Tez orada esa klublarga to‘liq hajmda mashg‘ulotlar o‘tkazishga ruhsat berilishi mumkin.
Ammo, xavf ostida bo‘lgan futbolchilar bilan nimalarni amalga oshirish kerak va jamoada koronavirus aniqlangan taqdirda, qaysi protokolga amal qilish kerakligi borasidagi savollarga hamon javob topilmagan.
Bundan avvalroq Bundesliga 9 may sanasidan tiklanishi haqida xabar berilgan edi.
Fikrlar