Bundesligadagi iste'dod “Arsenal” va “Chelsi”ni mensimadi

  • 28.06.2026 12:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bundesliga oʻrtamiyona klublaridan “Ayntraxht”ning mahoratli himoyachisi Nataniel Braun yaqin vaqt ichida mamlakatning yetakchi jamoasi “Bavariya” futbolchisiga aylanadi.

BILD nashri maʼlumotiga koʻra, 23 yoshli futbolchi hech qachon oʻziga jiddiy qiziqish bildirgan “Arsenal” va “Chelsi”ga oʻtish variantini koʻrib chiqmagan. U boshidanoq faqat “Bavariya”ga oʻtishni xohlagan.

Angliya grandlari uni oʻz safiga qoʻshib olish mumkinligiga ishongan boʻlsa-da, Braunning yagona tanlovi Myunxen klubi boʻlgan.

Myunxen superklubi mutasaddilari “Ayntraxht” bilan futbolchining 55 million yevro evaziga transferi boʻyicha kelishuvga erishgan. Yaqin kunlarda Braun 2031 yilgacha moʻljallangan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Oʻtgan mavsumda u barcha musobaqalarda 42 ta oʻyinda qatnashib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!