Buni men uyushtiraman! Ronaldу va Messi maydonda yana to‘qnash keladi
Argentina terma jamoasi yulduzi Lionel Messi va portugalialik mashhur hujumchi Krishtianu Ronaldu yana bir bor bir maydonda to‘qnash kelishi mumkin.
Bu haqida ESPN Argentina xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Argentina terma jamoasining yana bir afsonaviy futbolchisi Karlos Teves o‘z yurtida xayrlashuv uchrashuvini tashkil etishni rejalashtirgan. Ushbu o‘yin 19 dekabr kuni o‘tkazilishi kutilmoqda.
Aytilishicha, Teves futbolchilik faoliyati davomida bir jamoada to‘p surgan taxminan 60 nafar hamkasbini taklif qilishni mo‘ljallamoqda. Ular orasida Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Ueyn Runi, Andrea Pirlo kabi mashhurlar, shuningdek boshqa ko‘plab yulduzlar ham bo‘lishi kutilyapti.
Karlos Teves hozirda 42 yoshda. U professional futbolchi sifatidagi faoliyatini 2022 yil iyun oyida rasmiy yakunlagan edi.

Fikrlar