Bugun bir nafar bokschimiz qit’a birinchiligini tark etdi, 5 nafari esa keyingi bosqichda!
Bugun Osiyo chempionati doirasida U23 terma jamoamiz qizlaridan 6 nafari o‘z bahslarini o‘tkazdi.
Vakillarimiz ishtirokidagi bahslarning birinchisida, Robiyahon Baxtiyorova -48 kg vaznda mezbon Linda Sariga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
-51 kg vaznda Gulsevar G‘anieva filipinlik Xian Baguindan 5:0 hisobida ustun keldi.
-54 kg vaznda Uzukjamol Yunusova qirg‘izistonlik Milana Shihshabekovani ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi.
Xumorabonu Mamajonova ham keyingi bosqichda. Vakilamiz -57 kg vaznda mezbon Nurul Izzaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. 5:0.
-60 kg vaznda Mushtariybonu Ibrohimjonova Vyetnam vakilasi Ti Nhung Quangni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi.
Sevinch Xurramova -65 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, qozog‘istonlik Arujan Jangabaevani 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bu haqida O‘zbekiston Boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar