“Bunyodkor” - “Qo‘qon-1912”: Ushbu jamoalar to‘qnashuvida hech qachon durang qayd etilmagan
Ertaga Toshkentda Coca Cola Superligasi 8-tur doirasidan o‘rin olgan “Bunyodkor” - “Qo‘qon-1912” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ertangi bahs oldidan qo‘qonliklar matbuot xizmati ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.
O‘zaro o‘yinlar
Ushbu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 8 marta to‘qnash kelishgan.
“Bunyodkor” o‘yinlarning 6 tasida zafar quchgan, 2 ta bahsda qo‘qonliklarning qo‘li baland kelgan.
To‘plar nisbati – 19-7, “Bunyodkor” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Qaldirg‘ochlar” 18 ochkoni qo‘lga kiritishgan. “Qo‘qon-1912” ochkosi 6 tani tashkil etadi.
Jamoalarning o‘zaro o‘tkazgan barcha uchrashuvlari:
02.08.2018. Bunyodkor - Qo‘qon-1912 - 1:3
30.04.2018. Qo‘qon-1912 – Bunyodkor - 1:0
09.11.2017. Qo‘qon-1912 – Bunyodkor - 2:5
16.06.2017. Bunyodkor - Qo‘qon-1912 - 2:1
24.09.2016. Bunyodkor - Qo‘qon-1912 - 3:0
09.05.2016 . Qo‘qon-1912 – Bunyodkor - 0:2
19.11.2015. Bunyodkor - Qo‘qon-1912 - 5:0
01.07.2015. Qo‘qon-1912 – Bunyodkor - 0:1
Fakt: Ushbu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvlarda hali durang natija qayd etilmagan.
O‘tgan yilgi o‘yinlar
Ushbu jamoalar o‘tgan mavsumda o‘zaro ikkita bahsda maydonga tushishgandi. Har ikki o‘yinda ham qo‘qonliklar g‘alaba qozonishgan.
410-uchrashuv arafasida
«Qo‘qon-1912» jamoasi O‘zbekiston chempionatlaridagi 410-o‘yinini o‘tkazish arafasida turibdi. 14-mavsum kuchlilar safida ishtirok etayotgan qo‘qonliklar shu kunga qadar 409 ta uchrashuv o‘tkazishga muvaffaq bo‘lishdi.
Shularning 146 tasida jamoamiz g‘alaba qozongan. 63 uchrashuvda g‘olib nomi aniqlanmagan. 200 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan. To‘plar nisbati 544 – 745. Umumiy ochkolar 501 tani tashkil etadi.
Coca Cola Superligasi 8-tur doirasidagi “Bunyodkor” bilan bo‘ladigan uchrashuv jamoamizning O‘zbekiston chempionatlardagi 410-o‘yini sifatida tarixda qoladi.
Eslatib o‘tamiz, “Bunyodkor” - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi, ertaga Toshkent shahridagi TTYMI o‘yingohida soat 17:15 da start oladi.

Fikrlar