"Bunyodkor" 2021 yilgi mavsum uchun texnik hamkorini o‘zgartirdi
So‘nggi mavsumlarda “Nike”, “Puma” liboslaridan foydalangan “Bunyodkor” ikki yillik tanaffusdan keyin yana “Jako” brendiga qaytdi.
Kuni kecha Germaniya brendi bo‘lgan “Jako” sport liboslari jamoa a’zolariga topshirildi.

Sport liboslarini etkazib berilishida klubga amaliy yordam bergan “Jako”ning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha rasmiy vakili Rasulbek Bekdurdievga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
Eslatib o‘tamiz, “Bunyodkor” shu kunga qadar uchta – “Nike” (2005-2011, 2019), “Jako” (2012-2018) va “Puma” (2020) sport liboslaridan foydalangan.
"Bunyodkor" matbuot xizmati.

Fikrlar