"Bunyodkor" futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 18.01.2022 19:23
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Bunyodkor” klubi o‘tgan yilgi tarkibdan ayrim futbolchilarni saqlab qolmoqda. 28 yoshli iqtidorli himoyachi Farhod Mirahmatovning oldida bir qator klublardan takliflar bor edi. Ammo “Bunyodkor” klubi ushbu o‘yinchi bilan yana hamkorlikni davom ettirishni lozim topdi.

Tomonlar o‘zaro kelishuvga erishgan holda ikki yillik shartnoma imzolandi. Shu tariqa, Mirahmatov “Bunyodkor” safida yana ikki mavsumni o‘tkazadi.

miraxmatov

Ushbu futbolchi o‘tgan yilgi chempionatni “Navbahor”da boshlab, aynan “Bunyodkor”da tugatgandi. Namanganliklar safida birinchi davrada 4 ta uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lsa, “Bunyodkor”ga o‘tgach, 9 ta bellashuvda qatnashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!