
"Bunyodkor" jamoasi murabbiylar shtabida o‘zgarish bo‘ldi
"Bunyodkor" jamoasi murabbiylar shtabida o‘zgarishlar ro‘y berdi.
"Yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagan va boshlayotgan uch jamoamizning murabbiylar shtabida o‘zgarish ro‘y berdi. 2024 yilgi mavsumni “Bunyodkor-2” bilan ko‘tarinki ruhda o‘tkazgan Anvar Rahimov bir yillik tanaffusdan so‘ng yana o‘rinbosarlarimizga - “Bunyodkor” U-21ga ustozlik qiladi.
Rahimovning bo‘shab qolgan o‘rni Superliga klublarida faoliyat olib borgan Denis Korostichenkoga ishonib topshirildi. “Bunyodkor” U-19 jamoasini yangi mavsumga Hikmat Hoshimov tayyorlaydi. Anvar Rahimov o‘rinbosarlarimiz bilan tayyorgarlikni boshlagan bo‘lsa, Denis Korostichenko va Hikmat Hoshimov bugundan mashg‘ulotlarga kirishadi", - deya xabar berdi "qaldirg‘ochlar" matbuoti.
Fikrlar