
"Bunyodkor" klubi murabbiylar shtabida xorijlik mutaxassis ish boshladi
"Bunyodkor" klubi birinchi davrani ko‘ngildagidek o‘tkaza olmagandan so‘ng jamoada rahbar o‘zgardi. Ko‘p o‘tmay klub bosh murabbiyi Murod Otajonov ham lavozimini tark etdi.
Murod Otajonov klub akademiyasiga o‘tkazilgach, 7 iyul kuni uning o‘rniga Qirg‘iz Respublikasi milliy terma jamoasini boshqargan Aleksandr Krestinin tayinlandi.
Qirg‘iz Respublikasi milliy terma jamoasini 2019 yilgi Osiyo Kubogida nimchorak finalga olib chiqib, mamlakat futboli tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etgan rossiyalik mutaxassis – Aleksandr Krestinin “Bunyodkor” bilan 2023 yilning oxiriga qadar shartnoma imzolagan.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, qirg‘izistonlik mutaxassis Igor Kudrenko "Bunyodkor" klubi murabbiylar shtabida ish boshladi. Krestinin va Kudrenko avval ham birga faoliyat yuritgan.
"Bunyodkor" o‘z safiga legioner qo‘shib olishi mumkin
Fikrlar