"Bunyodkor" o‘z safiga legioner qo‘shib olishi mumkin
"Bunyodkor" klubi jamoani tark etgan futbolchilar o‘rnini to‘ldirishga urinmoqda. Shu bois jamoa xorijdan ham variantlar qarayapti.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, "qaldirg‘ochlar" Qirg‘iz Respublikasi milliy terma jamoasi a’zosi Kayrat Jirgalbek uuluga qiziqish bildirmoqda. Himoyachiga poytaxtliklar tomonidan taklif ham bo‘lgan.
Qozog‘istonning "Aksu" klubi sharafini himoya qilayotgan Kayrat Jirgalbek uuluning mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnomasi bor. Shuningdek, Kayratga o‘z vatanidan ham taklif yo‘q emas.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iz Respublikasi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin "Bunyodkor" klubi boshqaruvini qo‘lga olgandi.

Fikrlar