
"Bunyodkor" mashg‘ulotlarida 30 nafarga yaqin futbolchi ishtirok etmoqda
Aksariyat jamoalar qatori "Bunyodkor" ham yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordi. "Bunyodkor" akademiyasining yopiq zalida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarning ikkinchi kunida jismoniy tayyorgarlikka urg‘u berildi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu mashg‘ulotlarda 30 nafarga yaqin o‘yinchi ishtirok etmoqda. Yig‘inga o‘rinbosarlar tarkibidan tashqari, bir nechta yosh futbolchilar ham ko‘rikka jalb etilgan. Ular jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Irina Dergach qo‘l ostida shug‘ullanmoqda. Umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlaridan so‘ng futbolchilarimiz ikki tarkibga ajratildi.
Yig‘inda quyidagit futbolchilar ishtirok etmoqda:
Sarvar Karimov, Ravshan Yagudin, Akobir Qayumov, Lutfulla To‘raev, Shahboz Erkinov, Xurshid G‘iyosov, Nurillo To‘xtasinov, Abdulla Abdullaev, Mirjahon Mirahmadov, Farrux Ikromov, Rasul Yo‘ldoshev, Ibrohim Ibragimov, Suhrob Izzatov, Sunnatilla Abdullajonov, Abdulaziz Abdusalomov, Valeriy Akopov, Muhammadodil Qahramonov, Boburbek Farhodov, Xurshid Ubaydullaev, Muzaffar Olimjonov, Sanjar Qodirqulov, Javohir Omonov, Saidmahmudxon G‘ulomov.
Fikrlar