"Bunyodkor" nigeriyalik hujumchi bilan shartnoma tuzdi
Mavsum startiga yaqin qolgani sari “Bunyodkor” bilan shartnoma imzolayotgan yoki amaldagi shartnomasini uzaytirayotgan futbolchilarning soni oshib bormoqda.
Kuni kecha yana bir qator o‘yinchilar bilan shartnoma imzolandi.
Xususan, o‘tgan mavsumni “Qizilqum” safida o‘tkazgan nigeriyalik Ibrohim Tomiva va “Buxoro” posboni Zafar Safoev 2021 yilda “Bunyodkor” libosida to‘p surishi aniq bo‘ldi.
Shuningdek, Sarvar Karimov va Lyubomir Bondarenko yana faoliyatini “Bunyodkor” bilan bog‘ladi. Umidli futbolchi Dian Talxatov esa, “qaldirg‘ochlar”ning yangi a’zosiga aylandi, - deb yozmoqda, “Bunyodkor” matbuot xizmati.
Fikrlar