"Bunyodkor" "Qo‘qon-1912"ni TTYMIda qabul qiladi
«Bunyodkor» 8-turda «Qo‘qon-1912» jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. «Bunyodkor» o‘zining uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan «Milliy» («Bunyodkor») stadionining chimi yangilanayotgani sababli jamoa «Qo‘qon-1912» klubini Toshkent temiryo‘l muhandislari institutiga qarashli maydonda qabul qiladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Uchrashuv 12 may kuni soat 17:15da start oladi.
Yoshlar birinchiligidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - «Qo‘qon-1912» uchrashuvi esa, 11 may kuni «Bunyodkor» akademiyasining birinchi maydonida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv 17:00da boshlanadi.
Uchrashuvdan oldingi miting 11 may kuni 15:00da «Bunyodkor» akademiyasi majlislar zalida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
YoShLAR BIRINChILIGI. 8-TUR
«BUNYoDKOR» - «QO‘QON-1912»
11 may. «Bunyodkor» akademiyasi maydoni. Boshlanish vaqti: 17:00
COCA COLA SUPERLIGA. 8-TUR
«BUNYoDKOR» - «QO‘QON-1912»
12 may. Toshkent temiryo‘l muhandislari instituti maydoni. Boshlanish vaqti: 17:15

Fikrlar