
"Bunyodkor" yangi futbolchilarni Ligada ro‘yxatdan o‘tkazdi
"Bunyodkor" klubi uch nafar futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi. O‘tgan mavsumni OKMK tarkibida o‘tkazgan Mirjahon Mirahmadov "qaldirg‘ochlar" bilan bir yillik kelishuvga erishdi.
Yakulangan mavsumda "Navbahor" sharafini himoya qilgan Temurxo‘ja Abduxoliqov ham sobiq jamoasiga qaytdi. U toshkentliklar bilan 2025 yil so‘nggiga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
"Turon" hujumchisi Rustamxon Azimov ham yangi mavsumda poytaxtliklar safida to‘p tepadi. U jamoa bilan ikki yillik bitim imzoladi.
Shuningdek, ikki futbolchi "Bunyodkor" bilan shartnomasini uzaytirdi. Darvozabon Sarvar Karimov "qaldirg‘ochlar" bilan ikki, Sardorbek Rahimov esa kelishuvni uch yilga uzaytirdi.
Fikrlar