"Bunyodkor"ning OKMKga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida 4 ta gol urildi

  • 7 iyun, 2024, 23:49
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA kunlari munosabati bilan yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanishga harakat "Bunyodkor" bugun o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Tecno

Olmaliqning OKMK jamoasiga qarshi bahsda 2:2 hisobidagi durang qayd etildi. Murabbiylar uchrashuvni to‘liq ikki xil tarkibda o‘tkazdi. O‘yinning birinchi qismida "Bunyodkor" 1:0 hisobida g‘alaba qozonayotgandi. Tanaffusdan so‘ng OKMK ikki daqiqa ichida ikki marta muvaffaqiyatga erishdi. Ammo hujumlar sonini ko‘paytirgan «qaldirg‘ochlar» hisobni tenglashtira oldi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
«BUNYoDKOR» - OKMK - 2:2 (1:0)
7 iyun. Toshkent. «Bunyodkor» akademiyasi maydoni.
Bosh hakam:
Rahimbek Karimov.
«Bunyodkor»: Sarvar Karimov, Mahmud Mahamadjonov, Tohir To‘xtasinov, Momchilo Rasho, Najmiddin Normurodov, Toni Yovich, Frane Chiryak, Amir To‘raqulov, Rasul Yo‘ldoshev, Usmonali Ismonaliev, Temurxo‘ja Abduxoliqov.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Bogdan Odinaev (Umar Rustamov), Farhod O‘tkirov, Alijon Bekmurotov, Oybek Shomurodov, Sardor Rahimov, Humoyun Bozorboev (Abdulhamid Ikromov), Ozod Sotvoldiev (Abdulloh Omonaliev), Bilol Tupliev, Ollobergan Karimov, Umid Sultonov (Aziz Odilov), Mirjahon Mirahmadov.
Gollar: Temurxo‘ja Abduxoliqov (penaltidan), Mirjahon Mirahmadov - Milyan Shkrbich, Oybek Shomurodov (o‘z darvozasiga)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!