
Buskets: "Barselona"da Paulinodek futbolchi yo‘q edi
“Barselona” klubi yarim himoyachisi Serxio Buskets jamoa rahbariyatining “Guanchjou Evergrand”dan Paulinoni sotib olish haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatladi.
“Paulino “Barselona”ga ko‘p narsa berishi mumkin. Bizda bunday futbolchi yo‘q edi. U ayni damda dunyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri hisoblangan Braziliya sharafini himoya qiladi. Raqobatga keladigan bo‘lsak, bu narsa “Barselona”da doim bo‘lib kelgan va bu barcha futbolchilarning foydasiga xizmat qiladi”, - deydi Buskets Marca nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Paulino ertaga "Barselona"da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Fikrlar